Jamiyat | 22:41 / 23.10.2020
10400
2 daqiqa o‘qiladi

Hilol Nasimov yangi film suratga olmoqda. U o‘zbek va qozoq xalqlarining do‘stligi haqida

Taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov yangi film suratga olmoqda. Keyinchalik Qozog‘iston va Belarusda suratga olinishi rejalashtirilayotgan film ayni damda Qo‘qonda suratga olinmoqda.

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan «Meros» badiiy filmining ayrim epizodlari Qo‘qon shahrida ham tasvirga olinmoqda.

Film o‘zbek va qozoq xalqlarining qadimiy do‘stligi, an'ana va e'tiqodlarining birligi haqida hikoya qiladi. Filmning Qo‘qon shahrida tasvirga tushiriladigan epizodlari uchun temiryo‘l vokzali yaqinidagi hudud tanlandi va u yerda maxsus pavilon yaratildi.

Badiiy filmning Qo‘qon shahridagi tasvirga olish jarayonlarida kartina qahramonlari – o‘zbek yigiti Baxshullo va qozoq qizi Aygulning urushdan keyingi uzoq kutilgan uchrashuvi tasvirlangan.

Film rejissyori – Hilol Nasimov va unda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, G‘ayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupova singari aktyor va aktrisalar rol ijro etmoqda.

Ijodkorlarning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, filmni O‘zbekistonda tasvirga olish ishlari yakunlanmoqda. Qolgan qismlar Qozog‘iston va Belarusda suratga olinishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid