Jahon | 11:04 / 24.10.2020
6926
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

«Mojaro tomonlari o‘z majburiyatlarini bajarishlari va mazmunli muzokaralarga qaytishlari kerak», – deya ta'kidlagan amerikalik siyosatchi.

Foto: EPA/UPG

Vashingtonda Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo 23 oktabr, juma kuni Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari Zohrab Mnatsakanyan va Jayxun Bayramov bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazgan.

«Armaniston tashqi ishlar vaziri Mnatsakanyan va Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Bayramov bilan alohida uchrashuvlar chog‘ida biz Tog‘li Qorabog‘ mojarosidagi zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha eng muhim qadamlarni muhokama qildik. Har ikki tomon sulh bitimlarini bajarishi va mazmunli muzokaralarga qaytishi kerak», – deb yozgan Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, Qorabog‘ mojarosida tomonlar bir-birini ayblashni davom ettirmoqda. Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armaniston hududidan raketalar uchirilishi haqida xabar bergan. Yerevan esa bu ma'lumotlarni rad etgan.

Mavzuga oid