Light | 04:31 / 28.10.2020
46964
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda xurrakka qarshi dori ishlab chiqildi

Foto: Shutterstock

Amerikalik olimlar xurrakka qarshi yangi dori ishlab chiqishdi. Dori xurrakka sabab bo‘luvchi omil – uyquda nafas olish to‘xtashishi simptomlarini yengillashtiradi.

Uyquda nafas olish to‘xtashi kuchli xurrak otish va uzuq-uzuq nafas olishni keltirib chiqaradi. Kasallikning og‘ir shakllarida uyqu har 2 daqiqada buzilishi mumkin. Ushbu kasallik 40 yoshdan katta erkaklarda uchraydi. 

Odatda, ushbu kasallikdan davolanish turmush tarzini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bu vazn tashlash, spirtli ichimliklar ichishni kamaytirish, yonbosh bilan uxlash va nafas yo‘llarida doimiy ijobiy bosimni hosil qiluvchi qurilmani qo‘llashni nazarda tutadi. Biroq olimlarning ta'kidlashicha, 30 foizdan ko‘proq odamlar bu tavsiyalarga amal qilmaydi.

Yangi dorining kechqurun bir donadan qabul qilinishi uyquda nafas olish to‘xtashi simptomlarini 74 foizga yengillashtiradi. Shartli ravishda AD109 deb nomlangan ushbu dori tabletkasi boshqa bir juft dorini o‘z ichiga oladi: atomoksetin va oksibutinin. Olimlarning ta'kidlashicha, bu dorilar kasallikni davolashda yordam beradi.

2018 yilda Boston va AQShning boshqa shaharlaridagi shifoxonalarda o‘tkazilgan tadqiqot davomida xurrak otishdan aziyat chekuvchi 20 kishi atomoksetin va oksibutininni bir vaqtda qabul qilganidan bir kun keyinoq dorilar kuchli samara bergani aniqlangan. Olimlarning ta'kidlashicha, buning natijasida ba'zi bemorlarda nafas olish buzilishi bir soatda 30tadan 7tagacha kamaygan.   

Endilikda AQShning Apnimed firmasi bu ikki dorini bir kapsulaga birlashtirib, uning klinik sinovlarini boshlamoqda.

Mavzuga oid