Jahon | 11:09 / 29.10.2020
13748
2 daqiqa o‘qiladi

Muzliklar erishini qanday jilovlash mumkinligi aytildi

Foto: Getty Images

Germaniyadagi Potsdam iqlim ta'sirini o‘rganish instituti xodimlari tog‘ muzliklari, Grenlandiya, G‘arbiy Antarktida va Arktika muzlari erishining iqlimga ta'sirini o‘rgandilar. Hozirda insoniyat va sanoat korxonalari havoning normadan 1,5°C daraja isishiga sabab bo‘lmoqda. Muzlarning erishi esa global iqlimni normadagidan yana 0,43°C darajaga isitib yuboradi. Eriyotgan muzliklarning beshdan bir qismi Arktika hissasiga to‘g‘ri keladi.

Arktika dengizi muzlari asrning o‘rtalarida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu esa global isishni yanada tezlatadi. Hatto bu vaziyatda Xitoyning havodagi zaharni me'yorga keltirish bo‘yicha xatti-harakatlari ham ish bermay qoladi.

Foto: Getty Images

Muzlagan mintaqalarning erishi nega xavfli?

Oq muz quyosh energiyasining katta qismini qaytarib, iqlimni mo‘'tadillashtirib turadi. Agar muzlik erib, o‘rnini oddiy suv egallasa, u quyoshdan keladigan issiqlikni qaytarolmaydi.

Grenlandiya va G‘arbiy Antarktida singari muz qatlamlari tiklanmaydigan erish nuqtasiga yetgan. Shunga qaramay, tadqiqotchilar insoniyat chiqindilarning dengizlarga oqimini jilovlasa, muzliklar bu darajada erishining oldi olinishi mumkin deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid