Jahon | 17:47 / 15.11.2020
29896
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Tramp tarafdorlari marshi va unga qarshilar bilan to‘qnashuv

Vashingtonda Donald Trampning minglab tarafdorlari uning saylov natijalari soxtalashtirilgani haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlagan holda ko‘chalarga chiqishdi.

Andrew Caballero-Reynolds / AFP / Scanpix / LETA

14 noyabr kuni Vashingtonda minglab kishilar «Tramp uchun marsh» shiori ostida aksiyalarga chiqishdi — ular xuddi Donald Tramp kabi AQSh prezidentligi saylovlari natijalaridan norozi va keyingi prezident demokratlar vakili Jo Bayden bo‘lishini istashmaydi. Namoyishchilar shahar markazidan yurib o‘tib, AQSh Oliy sudi binosigacha borishdi va «ovozlarni o‘g‘irlash»ni hamda «saylovlardagi firibgarliklar»ni bas qilishni talab qilishdi.

Hozirda Amerika sudlari respublikachilar shtabining da'volarini qaytarmoqda, bu esa Jo Baydenga qarshi chiquvchilarning imkoniyatlarini deyarli yo‘qqa chiqarmoqda. Bu vaqtda saylangan prezident jamoasi hokimiyatni o‘tkazish jarayonini boshlashni talab qilib, hukumatni shakllantirishni davom ettirmoqda.

Shu kuni ko‘chalarga Trampning muxoliflari ham chiqishgan. Natijada tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan, ular bir-birlariga butilkalar uloqtirib, mushtlashishgan. Ikki tomondan ham jabrlanuvchilar bor, politsiya kamida 20 kishini hibsga olgan. «Meduza» «Tramp uchun marsh» va undan keyin boshlangan to‘qnashuvlarga oid suratlarni taqdim etdi.

Perry Aston / ZUMA / Scanpix / LETA
Shawn Thew / EPA / Scanpix / LETA
Julio Cortez / AP Photo / Scanpix / LETA
Niyi Fote /TheNEWS2 / Zuma / Scanpix / LETA
David Odisho / Scanpix / LETA
Roberto Schmidt / AFP / Scanpix / LETA
Hannah McKay / Reuters / Scanpix / LETA
Tasos Katopodis /Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Tasos Katopodis /Getty Images / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid