Fan-texnika | 23:04 / 19.11.2020
14930
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kompaniyasi 1900 ot kuchiga ega elektr giperkarni namoyish qildi (video)

2014 yilda AQShda tashkil topgan Elation Hypercars kompaniyasi 1900 ot kuchiga ega Freedom elektr giperkarini namoyish qildi.

Foto: Elation Hypercars

Yangi giperkar dizaynida Koenigsegg Jesko va Chevrolet Corvette C8 Stingray modellariga xos jihatlarni ko‘rish mumkin. Giperkarning ushbu modellardan farqli jihati “qush qanoti” ko‘rinishidagi eshiklari hisoblanadi. Avtomobil kuzovida ugleplastik qo‘llangani giperkarning yengilroq chiqishiga imkon bergan. Avtomobil og‘irligi 1650 kgni tashkil qiladi.   

Elation Freedom umumiy quvvati, versiyasiga ko‘ra, 1427 yoki 1903 ot kuchini tashkil qiluvchi 3ta elektr motor bilan jihozlangan. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 1,8 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa 418 km/soat bilan cheklangan. Giperkar bir quvvatlanishda 644 km yo‘l bosa oladi. 

Mashinaning ishlab chiqarilishi qachon boshlanishi va u qanday hajmda chiqarilishi haqida ma'lumot berilmagan. Shunisi ma'lumki, giperkar xaridorlarga 2 mln dollarga aylanadi. Mijozlar o‘z xohishlariga ko‘ra mashinaning 5,2 litr hajm va 750 ot kuchiga ega benzinda ishlovchi motorli versiyasini buyurtirishlari mumkin. Biroq giperkarning bunday modifikatsiyasi ularga 2,3 mln dollarga aylanadi.      

Mavzuga oid