Jahon | 23:39 / 05.10.2021
33630
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng chiroyli giperkar ma'lum qilindi

2021 yilda Bugatti Bolide Parijdagi 36-avtomobil festivalida dunyoning eng chiroyli giperkari deb topildi. Bu haqda Bugatti ma'lum qildi.

Foto: newsroom.bugatti

Giperkarlar yo‘nalishida ushbu nomga da'vogarlik qilgan boshqa 3 ta model nomi keltirilmagan. Biroq tanlov qodalariga ko‘ra, g‘oliblikka nomzod giperkarlar “sport dizayniga va yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan” hamda narxi 60 ming yevrodan yuqori turuvchi seriyali ishlab chiqariluvchi avtomobillar bo‘lishi kerak.

Ta'kidlanishicha, Bolide modeli Bugatti tomonidan ishlab chiqilgan avtomobillardan eng antiqasi hisoblanadi. U X-simon chiroqlar, antiqanotlar va katta o‘lchamli orqa diffuzorga hamda avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga ega.

Ushbu model 2020 yil oxirida konsept sifatida namoyish qilingan. Joriy yilda esa fransuz kompaniyasi ushbu avtomobildan 40 dona ishlab chiqarishini, biroq ular umumiy foydlanish ko‘chalariga qo‘yilmasligini e'lon qilgan.

Foto: newsroom.bugatti

Mashina 1450 kg og‘irlikka ega bo‘lib, uning dvigateli 1600 ot kuchini beradi.

Mashinaning ilk nusxalarini 2024 yildan o‘z egalariga yetkazib berish rejalashtirilgan. Uning narxi 4,7 mln dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. 

Foto: newsroom.bugatti

Ma'lumotlarga ko‘ra, giperkarga joyidan qo‘zg‘alib, 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 2 soniyadan kamroq, 200 km/soat tezlikka 4,36 soniya, 300 km/soat tezlikka erishishi uchun esa 7,37 soniya vaqt talab etiladi. Shu bilan birga, kompaniya mashinaning hattoki 500 km/soatgacha tezlashishi mumkinligi haqida gapirib o‘tgan. Buning uchun mashinaga 20,16 soniya vaqt kerak bo‘ladi.

Foto: newsroom.bugatti
Foto: newsroom.bugatti

Bundan tashqari, festivalda Audi Q4 E-Tron Sportback eng chiroyli shou-kar, DS Aero Sport Lounge eng chiroyli konsept deb topilgan. Mercedes-Benz Vision AVTR futuristik avtomobillar toifasida, Maserati MC20 esa superkarlar toifasida eng chiroyli deb e'tirof etilgan.

Mavzuga oid