Jamiyat | 17:59 / 19.11.2020
7966
7 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federatsiyasining Samara oblastida xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirish uchun mobil servis ishga tushirildi

Mehnat migratsiyasi - jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Xorijiy davlat fuqarolari ko‘plab sohalarda ishlashiga ko‘nikib ulgurdik. Biroq Samara oblastida xorijlik fuqarolar uchun qonuniy ishlash qanchalik oson ekani haqida ko‘pchilik o‘ylab ham ko‘rmaydi. Shunga qaramay, xatarlar mavjud. Rossiyaga ishlash uchun keluvchi har bir odam bir necha narsani rejalashtiradi: ishonchli ish beruvchi hamda hamyonbop narxda turar joy topish. Eng ahamiyatlisi, mamlakatda bo‘lish muddatlari qoidalarini buzmasdan qonuniylashtirish protsedurasidan qanday va qayerda o‘tish. Ko‘pincha xorijlikning ushbu marshrutida ularga “soyadagi vositachilar” yo‘ldosh bo‘ladi. Ular xorijliklarning Rossiya Federatsiyasi qonunlarini bilmasligi ortidan pul ishlaydi, ko‘p hollarda o‘z xizmatlari uchun rasmiy xarajatlar narxidan bir necha baravar yuqori to‘lov oladi. Bundan ham yomoni migrantning qalbaki hujjatlar bilan savdo qiluvchi dallol qo‘liga tushib qolishi. Bu kabi vaziyatlardan himoyalanish oson emas. Ana shunday to‘siqlarni bartaraf etish uchun «Migrant Servis» dasturiy mahsuloti ishlab chiqildi.

Samara oblasti xorijiy fuqarolarni ishga rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan mobil servis ish boshlagan pilot hududga aylandi. Funksionalligi jihatidan u bir nuqtada bir necha amaliyotlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari portalini yodga soladi. Xorijiy davlat fuqarosi o‘z uyida ro‘yxatdan o‘tadi, Rossiyaga kelish sanasini ko‘rsatadi va barcha xizmatlar uchun to‘lov hamda bojlarni to‘lab, qabulga yoziladi. O‘z-o‘zidan, belgilangan vaqtda xorij fuqarosi hech qanday navbat kutishlarsiz patentni rasmiylashtirish uchun “Mnogofunksionalnyy migratsionnyy sentr»(Ko‘p funksiyali migratsiya markazi)ga keladi. Qabul vaqti minimum darajada qisqartirilgan. Hujjatlar topshirilgach, tizim ular qachon tayyor bo‘lishi haqida xabar beradi va tayyor patentni olib ketish kunini taklif etadi.

Servis «Android» tizimi uchun mobil ilova ko‘rinishida ishlangan. Uni yaratishdan oldin ekspertlar migrantlar oqimi, ularning foydalanuvchi sifatidagi istaklari va talablari bo‘yicha jiddiy tadqiqot o‘tkazishgan. Har bir mintaqa o‘ziga xos jihatlarga ega va ish davomida geografik omil ham hisobga olingan. Samara oblasti Qozog‘iston bilan chegaradosh. U orqali tranzit bilan O‘zbekiston fuqarolari ham Rossiyaga keladi. Mintaqa hududida patentni rasmiylashtiruvchi fuqarolarning taxminan 80 foizi mamlakatimiz vakillaridir. Aynan shuning uchun ham servisni ishlab chiquvchilar eng avvalo ularga e'tibor qaratishgan. Mobil ilova hozircha ikki til – rus va o‘zbek tillarida. Biroq uni takomillashtirish jarayonida boshqa xorijiy tillarni qo‘shish ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek, loyiha Rossiya Federatsiyasining boshqa sub'yektlari hisobiga ham kengayishi mumkin.

2020 yil migratsion mehnat jarayonlari uchun murakkab yilga aylandi. Chunki bahor faslidan boshlab pandemiya tufayli ko‘plab davlatlar chegaralari yopildi. Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi amaldagi migratsiya qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish doirasida chet el fuqarolarining mamlakatda bo‘lish tartibini soddalashtirdi. Biroq hozirda migratsiya oqimi to‘xtab qoldi. Shuning uchun patent uchun xorijdan arizalar qabul qilish funksiyasi chegaralar to‘liq ochilguniga qadar «pauza» holatida qoladi. Xorij fuqarolari chegaralar ochilgach va COVID bo‘yicha cheklovlar olib tashlangach, mobil ilovaning barcha funksionalidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hozirda mobil ilovadan Rossiya Federatsiyasi hududiga avvalroq kelgan, ishlash uchun patent olish va budjetga soliq to‘lashni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar foydalanishlari mumkin. Ilova markaz bilan bog‘lanish va kerakli ma'lumotni olishda ham yordam beradi. Mobil ilova orqali jismoniy shaxslarning daromad solig‘i(NDFL)ni to‘lash ham qulay. «Migrant servis» soliqni qaysi sanagacha to‘lash zarurligini aytadi. Agar bank kartasi servisga ulangan bo‘lsa, u avtomatik ravishda billing operatsiyasini amalga oshiradi. Umuman olganda, soliq to‘lovchi barcha xorijiy fuqarolar uchun ilovadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki u to‘lovlarni bankka bormasdan amalga oshirish imkonini beradi. Muhimi, soliq to‘langani haqidagi cheklarni sohtalashtiruvchi soyadagi dallollarning firibgarligidan himoya qiladi.

Mobil servis yana bir muhim vazifani bajaradi. Bu – migratsiya jarayonlarining shaffofligi va ochiqligi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib keluvchi fuqarolar soni va qonunning barcha shakllari bo‘yicha ro‘yxatga olingan xorijliklar soni bir-biriga mos kelmaydi. Bu esa ikkinchi toifadagi fuqarolarning foydasiga xizmat qilmaydi. Mazkur holat eng avvalo migratsiya sohasidagi soyadagi biznesning ta'siri bilan bog‘liq. Mobil servis migratsiya markazi orqali xorijiy ishchini qonuniylashtirishning tushunarli va qulay tizimini taklif etadi. Bundan hamma foyda ko‘radi. Rossiya davlati hududiga qancha xorij fuqarosi ishga joylashish uchun kirib kelgani, ularni qanday resurslar bilan ta'minlash zarurligi va unga qancha soliq kelib tushishi haqida ma'lumotga ega bo‘ladi. Migratsiya xizmatlari tashrifchilarni qabul qilish uchun qulay logistik tizimlarni tuzib, navbat kutishlar oldini oladi. Xorijiy fuqarolar esa “yagona darcha” rejimida Rossiyada ishlash uchun patentni tez va sifatli olishga muvaffaq bo‘lishadi. «Migrant servis» ilovasini istalgan «Android»ga yuklab olish mumkin. Bir hafta davomida ilovada mingdan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tdi, ularning soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Ilovani Google play'dan yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=mmc63.ru

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid