Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga nisbatan sud jarayoni boshlandi
Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti, korrupsiyada va ta'sirni sotishda ayblanayotgan Nikolya Sarkozi ustidan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqishni boshladi.
Sarkozi sud yig‘ilishiga o‘zining advokati Terri Xersog bilan birga kelgan. Xersog ham ushbu ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda.
Sarkozi sudga kelgach, jurnalistlar savollariga javob bermagan. Sudga Xersogni qo‘llab-quvvatlash uchun uning hamkasblari ham kelgan.
Joriy oktyabrda Sarkoziga 2007 yilda uning prezidentlik kampaniyasining Liviya tomonidan ehtimoliy moliyalashtirilishi ishi bo‘yicha jinoiy guruhda ishtirok etish ayblovi bildirilgan. Ushbu ish bo‘yicha tergov 2012 yilda Mediapart fransuz nashri Liviya hukumati tomonidan Sarkozi kampaniyasiga 50 mln yevro berilgani haqidagi hujjatlarni chop etgandan keyin boshlangan. O‘shanda sobiq prezident aybsizligini isbotlashga va'da bergan.
Fransiyaga 2007-2012 yillar davomida rahbarlik qilgan Sarkoziga ushbu ish bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi va yirik jarima xavf solmoqda.
Bu Fransiyaning sobiq prezidentlariga nisbatan olib borilayotgan ikkinchi sud hisoblanadi. 2011 yilda Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak Parij meri lavozimini egallagan vaqtda o‘z partiyasini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topilgan. Ushbu ish bo‘yicha Shirak 2 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024