Tesla kapitallashuvi 500 milliard dollardan oshdi
AQShning Tesla kompaniyasi aksiyalari qimmatlashishi ortida uning kapitallashuvi 500 mlrd dollardan oshdi. Buning natijasida kompaniya rahbari Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tesla aksiyalari 2,96 foizga qimmatlashib, 537,31 dollarga yetgan. Natijada kompaniya kapitallashuvi 509 mlrd dollarga yetdi. Kompaniya aksiyalari Wedbush kompaniyasi tahlilchisi ularning narxi 1 ming dollargacha yetishi mumkinligini aytgandan keyin qimmatlasha boshlagan.
Avvalroq Tesla aksiyalari dekabrda S&P 500 indeksiga kiritilishi e'lon qilingandi. Noyabr boshidan beri kompaniya aksiyalari 38 foizga, ya'ni 388 dollardan to hozirgi qiymatigacha oshdi.
Buning natijasida Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati Bloomberg Billionaires Index’da Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘zib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hozirda Maskning boyligi 127,9 mlrd dollarga, Geytsniki esa 127,7 mlrd dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
11:23
Dunyo elektrsiz qoladi, sun’iy idrok odamlardan o‘zib ketadi: Ilon Maskning 2025 yil uchun prognozlari
20:59 / 20.12.2024
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
18:14 / 11.12.2024
“Haydovchisiz taksilar” - Tesla robotaksisi qanday ishlaydi?
17:25 / 03.12.2024