Chinoz neft bazasidagi yong‘inda 6 kishi jarohatlangan. Energetika vazirligi jabrlanuvchilar yo‘qligini ma'lum qilgandi
«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Chinoz neft bazasidagi yong‘in nega 8 soat davom etgani bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.
«Chinozdagi yong‘in mehnat xavfsizligiga rioya etilmagani uchun sodir bo‘ldi. Yongan idishda yuz tonnaga yaqin mahsulot bo‘lgan.
Biz yongan mahsulotni o‘chirishga emas, uning atrofidagi idishlarni qo‘riqlashga harakat qildik. Chunki bazada 40 ming tonnagacha mahsulot bor edi, yonayotgan mahsulotni boshqasiga ko‘chirib o‘tkazishning imkoni yo‘q edi.
O‘t o‘chiruvchilar o‘t o‘chirish bilan emas, atrofidagi idishlarni qo‘riqlagani uchun ham yong‘in sakkiz soatga cho‘zilib ketgan.
Yong‘inda 6 kishi jarohat olgan edi. Ularning hammasining ahvoli yaxshi, uyida davolanyapti», deydi Mehriddin Abdullayev.
Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqqan, olovni o‘chirish uchun 14ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi jalb etilgandi.
Energetika vazirligi 26 noyabr kuni soat 18:57da bergan xabarnomasida ushbu yong‘in soat 11:30da boshlangani haqida ma'lum qilgandi. Bu xabarnomada energetika vaziri Alisher Sultonov hodisa ko‘lami va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni bevosita o‘rganish hamda tegishli chora ko‘rish uchun zudlik bilan voqea joyiga yetib borgani, ushbu yong‘in natijasida jarohatlangan yoki jabrlanganlar yo‘qligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024