Sport | 16:43 / 02.12.2020
12422
2 daqiqa o‘qiladi

Karlush Keyrush iste'foga chiqarildi

Kolumbiya futbol federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Foto: Tribuna.uz

So‘nggi ikki yil davomida Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan portugaliyalik 67 yoshli mutaxassis bilan bugun, 2 dekabr kuni shartnoma bekor qilingan. Kolumbiyaliklar Keyrush qo‘l ostida 18 o‘yinda maydonga tushib, 9 g‘alaba, 4 durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etdi. 

Kolumbiya JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Ekvadorga 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Keyrush iste'foga chiqarilgan. Kolumbiyaliklar JCh-2022 Janubiy Amerika saralash bosqichi turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Ma'lumot uchun, Keyrushga ikki yil oldin Kolumbiyaga ketishidan avval O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarish taklif qilingan, lekin tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmagan. Keyrush rad javobini bergach, O‘zbekiston milliy jamoasiga argentinalik Ektor Kuper olib kelingandi.

Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida O‘zbekistonni olib borgan Kuper JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yinda O‘zbekiston 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragach, iste'foga chiqarilgandi. Ayni damda O‘zbekiston milliy jamoasini o‘zbekistonlik Vadim Abramov boshqarmoqda. Uning qo‘l ostidagi O‘zbekiston JCh-2022 Osiyo saralash bosqichining «D» guruhida 9 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga oid