O‘zbekiston | 11:19 / 14.12.2020
21854
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Prezident qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tayinlandi. Tegishli hujjat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Yunusjon Zohidovich Nasimjonov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Yunusjon Nasimjonov 1967 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U 2020 yil mart oyida O‘zbekiston prezidenti farmoyishiga asosan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Yu. Nasimjonov o‘z vaqtida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ham ishlagan.
Mavzuga oid
14:48 / 16.11.2021
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
11:00 / 10.06.2021
«Kafka ham xijolat!» - Yangiyo‘l tumani soliq inspeksiyasi mantiqsizlik bilan qurollanib, fermerlarni «o‘ldirmoqchi»
11:53 / 25.05.2021
Soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:12 / 21.10.2020