Alimentdan qarzdor ota bolalariga uy olib berdi
Qarzdor ota voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun 375 mln so‘m miqdoridagi uy-joy olib berdi.
Majburiy ijro byurosining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2019 yildagi sud buyrug‘i bilan qarzdordan undiruvchi foydasiga ikki nafar farzandi ta'minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
MIBning Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqaro bilan huquqiy tushuntirish ishlari olib borilgan.
Natijada, 2020 yil 12 dekabr kuni tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida qarzdor ota tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 375 mln so‘m miqdoridagi uy-joy olib berilgan.
Undiruvchi arizasi bilan ushbu ijro hujjatining ish yurituvi tamomlangan.
Mavzuga oid
14:40 / 22.12.2024
Eskrou tizimi: u joriy etilsa, mijozlar quruvchilarga aldanmaydimi?
10:11 / 18.12.2024
Uy-joy qurilishida yangi tizim joriy etilishi mumkin
17:03 / 04.12.2024
Termitlar tufayli yaroqsiz holga kelgan uy egalariga boshqa uy-joy beriladi
18:32 / 02.12.2024