O‘zbekiston | 19:44 / 19.12.2020
30372
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Abdukarim Mirzayevga hech qanday ish ochilmagan - Bosh prokuratura

Turkiyada qo‘lga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayevga O‘zbekistonda qandaydir jinoiy ish ochilmagan va u qidiruvda emas. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokuraturasi ma'lum qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga xabar qilishicha, O‘zbekiston tomoni shu kunlarda Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayevning qo‘lga olinishiga aloqador emas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh prokuraturada Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq jinoiy ish mavjud emas, uning o‘zi ham qidiruvga berilmagan.

Avvalroq Istanbulda 11 dekabr kuni YouTube’da blog yurituvchi o‘zbekistonlik hikoyanavis jurnalist Abdukarim Mirzayev «shubhali shaxslar» bilan aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingani, uni mamlakatdan deportatsiya qilishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid