Jahon | 20:42 / 24.12.2020
4951
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar niqobning koronavirusdan himoya qilishda samarali ekanligini isbotlashdi

Tajriba davomida niqob taqish ajralib chiqadigan tomchilar miqdorini kamida ming martaga kamaytirishi aniqlandi.

Foto: Getty Images

 Britaniyalik olimlar himoya niqoblari koronavirusdan yuqori darajada himoya qilishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari The Royal Society Open Science jurnalida chop etildi.

 Qayd etilishicha, nafas chiqarishda ajralib chiqadigan tomchilar koronavirus yuqishining asosiy yo‘li hisoblanadi. Ijtimoiy masofaga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar aynan mana shunga asoslangan.

Tajriba davomida niqob taqish ajralib chiqadigan tomchilar miqdorini kamida ming martaga kamaytirishi aniqlandi.

 Olimlar shuningdek, yo‘talayotgan odamdan ikki metr masofada turgan niqobsiz odamning kasallik yuqtirishi ehtimoli yarim metr masofada oddiy bir qavatli niqobda turgan odamga nisbatan o‘n ming martaga ko‘pligini aniqlashdi. 

Tadqiqot mualliflarining yozishicha, himoya niqobini taqish yirik respirator tomchilarni to‘sishda yuqori samaradorlikka ega.

Mavzuga oid