JSST: Xitoy barcha ma’lumotlarni taqdim etmaguncha COVID-19 pandemiyasi sababini aniqlab bo‘lmaydi
Butun dunyoda kovid bilan bog‘liq favqulodda holat rejimi 2020 yil yanvardan 2023 yil 5 mayga qadar davom etdi. Hozirga qadar 776 milliondan ortiq insonda koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 7 milliondan ortig‘i vafot etgan.
Xitoy kasallanishning dastlabki holatlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni taqdim etmas ekan COVID-19’ning qayerdan paydo bo‘lganini aniqlashning imkoni yo‘q. Bu haqda Jyenevada o‘tkazilgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus ma’lum qildi.
«Ko‘p marotaba ta’kidlaganimizdek, ushbu jarayon uchun Xitoy bilan hamkorlik zarur. Bunga COVID-19’ning eng birinchi shubhali holatlari aniqlangan Xuanan dengiz mahsulotlari bozori va Uxan laboratoriyasida qilingan ishlar kiradi. Biz hozirga qadar COVID-19 qanday boshlanganini bilmaymiz, afsuski, uning manbasini aniqlash bo‘yicha boshlangan ishlar yakunlanmay qolib ketdi», — deydi JSST bosh direktori.
Gebreyyesusning ma’lum qilishicha, hozirda Yangi xavfli patogenlar bo‘yicha ilmiy-maslahat ekspertlar guruhi (SAGO) COVID-19 pandemiyasining boshlanishi bo‘yicha mustaqil baholashini yakunlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, asl sababni aniqlash uchun JSSTga a’zo barcha davlatlardan hamkorlik va shaffoflik talab etiladi.
Butun dunyoda kovid bilan bog‘liq favqulodda holat rejimi 2020 yil yanvardan 2023 yil 5 mayga qadar davom etdi. 2020 yil 11 mart kuni JSST COVID-19’ning tarqalishini pandemiya deb ta’rifladi. 2024 yil 18 avgust holatiga ko‘ra, dunyoda 776 milliondan ortiq insonda koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 7 milliondan ortig‘i vafot etgan.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024