Jamiyat | 17:44 / 24.12.2020
8327
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: Kun davomida internetdan necha soat foydalanasiz?

Kun.uz’ning navbatdagi so‘rovi o‘zbekistonliklarning internetdan kuniga o‘rtacha necha soat foydalanishi bo‘yicha bo‘ldi.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning javoblaridan bilish mumkinki, o‘zbekistonlik o‘quvchi va talabalar kuniga bir necha soat vaqtini internetdan foydalanishga sarflaydi.

O‘z navbatida, internetdan daromad oladiganlar kuniga o‘n soatlab internetda bo‘lishi mumkin.

«Internetdan bir kunda 8-9 soat, ba'zida 12 soat, hatto 24 soat ham foydalangan kunlarim bo‘lgan. Asosiy vaqtim internet bilan o‘tadi», deydi respondentlardan biri.

So‘rov miqyosida qiyoslansa, internetning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelishi ma'lum bo‘ladi. Kattalar esa unga kam ehtiyoj sezishadi.

«Kun.uz so‘rovi» davom etadi. O‘zingizni qiziqtirgan savollarni tahririyatga yo‘llashingiz mumkin.

Mavzuga oid