Brexit bo‘yicha kelishuv imzolanganidan so‘ng Shotlandiya yetakchisi mustaqillikka erishish vaqti kelganini aytdi
Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovlar Shotlandiyaning aksariyat aholisi mustaqillikni yoqlashini ko‘rsatdi. 2014 yilda bo‘lib o‘tgan referendumda aholining 55 foizi Britaniyadan ajralib chiqishga qarshi ovoz bergandi.
Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjyen London va Bryussel Brexit bo‘yicha kelishuvga erishgani to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirdi. U o‘zining Twitter sahifasida Shotlandiya mustaqil bo‘lishi kerakligini yozdi.
"Bekorchi gaplar boshlanishidan oldin Brexit shotlandlar irodasiga qarshi bo‘lib o‘tayotganini aytish lozim. Brexit bizdan olgan narsaning o‘rnini qachondir qoplay oladigan birorta ham kelishuv yo‘q. Biz uchun Yevropaning mustaqil millati sifatida o‘z kelajagimizni belgilash vaqti keldi", - deb ta'kidladi u.
24 dekabr kuni YeI va Buyuk Britaniya Brexit’dan keyingi munosabatlar to‘g‘risida kelishuvga erishilgani ma'lum qilindi.
“Biz nihoyat kelishuvga erishdik. Bu uzoq va notekis yo‘l bo‘ldi, biroq biz endi yaxshi kelishuvni taqdim qila olamiz”, deb aytgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.
Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovlar Shotlandiyaning aksariyat aholisi mustaqillikni yoqlashini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 2014 yilda bo‘lib o‘tgan referendumda aholining 55 foizi Britaniyadan ajralib chiqishga qarshi ovoz bergandi.
2020 yil oxirida Brexit bo‘yicha o‘tish davri o‘z nihoyasiga yetadi va Britaniya 2021 yil 1 yanvarda Yevropa ittifoqidan chiqish jarayonini yakunlaydi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
11:37 / 17.08.2024
Shotlandiya orollarida Yerdagi muzlik davriga oid muhim dalillar topildi
20:53 / 29.04.2024