O‘zbekiston | 09:23 / 25.12.2020
4932
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 18,9 million dollarlik shisha va shisha mahsulotlari eksport qildi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 18 mln 872 ming AQSh dollari qiymatidagi 68 397 tonnadan ortiq shisha va shisha mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lum qildi.

Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan 48 198 tonna ko‘p shisha va shisha mahsulotlari eksport qilingan bo‘lib, 239 foiz o‘sishga erishildi.

Eksport qilingan shisha va shisha mahsulotlari natijasida respublikaga valuta tushumi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 million dollarga ko‘payib, 140 foiz o‘sishga erishildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, shisha va shisha mahsulotlarining 58 foizi Qozog‘istonga, 15 foizi Tojikistonga va 13 foizi Turkmanistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda shisha va shisha mahsulotlarining eksporti qiymati Rossiyaga 12 barobarga, Armanistonga 9,8 barobarga, Gruziyaga 7,1 barobarga va Ozarboyjonga 2,3 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bor Irlandiya va AQShga shisha va shisha mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid