O‘zbekiston | 14:39 / 25.12.2020
4316
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozlar bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar berdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 28 dekabr va 2021 yil 7 yanvar kunlari Frankfurtga parvozlar bekor qilinganligini xabar berdi.

Foto: KUN.UZ

Aviakompaniya xabarida aytilishicha, bu koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus Respublika komissiyasining qaroriga binoan, koronavirus infeksiyasi yangi shtammining aniqlanganligini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda

Ta'kidlanishicha, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya mamlakatlari va Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lgan hamda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida o‘z hisobidan tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.

Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va batafsil ma'lumotni +998781400200 telefon raqami orqali yagona aloqa markazidan olish mumkinligini eslatgan.

 

Mavzuga oid