Jahon | 15:53 / 26.12.2020
5903
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Moderna vaksinasiga dastlabki allergik reaksiya qayd etildi

Vaksinani qabul qilgan shifokorning so‘zlariga ko‘ra, emlanganidan bir daqiqa o‘tgach uning yurak urishi tezlashgan, tili uvishib, qon bosimi keskin tushib ketgan.

Foto: Joseph Prezioso/AFP via Getty Images

AQShda Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlangan erkakda allergik reaksiya kuzatildi.Bu Moderna vaksinasi allergiya chaqirgan dastlabki holatdir, deb xabar bermoqda ABC News.

 Xabarda aytilishicha, vaksinani Boston tibbiyot markazi shifokori Husayn Sadrazoda olgan. U emlashdan so‘ng kuzatuv ostida bo‘lgan va tez orada unda allergik reaksiya boshlangan. Unga epinefrin inʼeksiyasi yuborilgan. Ta'kidlanishicha, shifokor hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

 Sadrazodaning aytishicha, u allergiyasi borligi uchun Pfizer vaksinasi o‘rniga Moderna vaksinasini tanlagan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, emlanganidan bir daqiqa o‘tgach uning yurak urishi tezlashgan, tili uvishib, qon bosimi keskin tushib ketgan.

 Avvalroq Pfizer vaksinasiga allergik reaksiya paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi, deb eslatmoqda ABC News.

AQShda Pfizer/BioNTech va Moderna kompaniyalari vaksinasidan foydalanishga dekabrda ruxsat berilgan.

Mavzuga oid