Jahon | 21:24 / 07.01.2021
12614
1 daqiqa o‘qiladi

Aliyev Qorabog‘ga ruxsatsiz tashriflar uchun Armanistonni keskin choralar kutayotganidan ogohlantirdi  

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonning rasmiy shaxslari Boku ruxsatisiz Tog‘li Qorabog‘ga tashriflarni davom ettirsa, Yerevanga keskin javob choralari qo‘llanishidan ogohlantirdi. 

Foto: Reuters

Aliyevning ta'kidlashicha, Armaniston tashqi ishlar vaziri Ara Ayvazyan Xonkandi shahriga (Stepanakertning ozarboyjoncha nomlanishi) tashrif buyurgan va uning bu tashrifidan ko‘zlangan maqsad noma'lum. 

“Armaniston urush haqida unutmasin. Yodda tuting, temir musht o‘z joyida. Bu tashriflarga chek qo‘yilishi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Aliyev. 

Ozarboyjon prezidenti Armaniston ig‘vogar qadamlar amalga oshirsa, Yerevan “bundan pushaymon qilishi”dan ogohlantirgan. U Tog‘li Qorabog‘ga barcha, jumladan xalqaro tashkilotlar vakillarining tashriflari Ozarboyjon bilan kelishilishi kerakligini aytgan. 

Mavzuga oid