Jahon | 21:27 / 20.01.2021
9952
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Trampning siyosatchi sifatida “o‘lganini” aytdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 20 yanvarda o‘z lavozimini tark etgan Donald Tramp siyosatchi sifatida “o‘lgani”ni aytdi. 

Foto: AFP

“Tramp o‘ldi, uning siyosiy hayoti yakunlandi”, deb aytgan Ruhoniy hukumat yig‘ilishida.

“AQShning siyosiy yakkalanishi – bu Tramp qoldirgan merosdir. AQSh o‘z siyosatida yolg‘iz qoldi”, deb qo‘shimcha qilgan Eron prezidenti.

Ruhoniy Trampni zolim deb atab, uning o‘z lavozimidan ketishini Tangri inoyati deb atagan.

Ruhoniy Eron AQShning yangi prezidenti Jo Bayden tomonidan tegishli harakatlar amalga oshirilsa, yadro kelishuvini bajarishga qaytishini ta'kidlab o‘tgan.  

19 yanvarda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atagan. Shunday fikrni 1173 respondent orasida 11-13 yanvar kunlari o‘tkazilgan so‘rovnomada deyarli 50 foiz amerikalik bildirgan.

AQSh Donald Tramp boshqaruvi vaqtida Eron bilan tuzilgan yadro kelishuvidan chiqib ketgandi. Shuningdek, Trampning bevosita buyrug‘i bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandi.

Mavzuga oid