O‘zbekiston | 14:27 / 22.01.2021
25117
1 daqiqa o‘qiladi

Mingbuloqda ikkita binoning tomi shamolda uchib tushdi. Bu tomlar oxirgi 2 yil ichida yopilgandi

Farg‘ona vodiysida 22 yanvar kuni tong soat 5:00larda kuchli shamol boshlangan. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasidagi tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda ko‘p qavatli uylardan birining tomi zarar ko‘rgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining binosi 2019 yilda qurib bitkazilgan.

Ikki qavatli, ko‘p kvartirali uylarning tom qismi ham 2019 yilda, «Obod markaz» dasturi asosida o‘rnatilgan.

Foto: Mingbuloq tumani hokimligi
Foto: Mingbuloq tumani hokimligi

«Holat yuzasidan tezkor shtab tuzilib, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», – deyiladi Mingbuloq tumani hokimligi axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni Namangan shahrida yangi qurilgan 37 metrli piyodalar ko‘prigi foydalanishga topshirish arafasida qulab tushgan edi.

Mavzuga oid