Dunyoda ikki qo‘l va yelkaning ko‘chirib o‘tkazilishi bo‘yicha ilk amaliyot amalga oshirildi
Fransiyada dunyoda ikki qo‘l va yelkaning ko‘chirib o‘tkazilishi bo‘yicha ilk jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Tana a'zolari 48 yoshli islandiyalik Feliks Gretarssonga ko‘chirib o‘tkazilgan.
The Guardian nashrining yozishicha, Gretarsson qo‘llarini 1998 yilda ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisa tufayli yo‘qotgan. Erkak yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasida ishlayotgan vaqtda kuchlanish 11 ming voltgacha ko‘tarilib ketishi oqibatida ikki qo‘lini kuydirib olgan.
Shundan keyin erkak ko‘plab jarohatlar bilan 3 oy komada yotgan. Shifokorlar uning qo‘lini kesib tashlashlariga hamda yana bir nechta operatsiya o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan.
Gretarsson uchun donorlar uzoq yillar davomida izlangan. Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga 50 tibbiy xodim jalb qilingan. Operatsiya vaqtida tana a'zolarini donordan retsipiyentga ko‘chirib o‘tkazish vaqtini minimallashtirish uchun 4ta jarrohlik brigadasi ish olib borgan.
Hozirda erkak Liondagi shifoxonalardan birida tiklanmoqda. Shifokorlar Gretarssonning yangi qo‘llari qanchalik harakatchan bo‘lishi bo‘yicha bir narsa deyishga shoshilmayaptilar. Jarrohlardan biri Aram Gazaryanning ta'kidlashicha, agar bemor tirsagini buka olsa, bu uning hayotini o‘zgartirib yuboradi.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024