Jahon | 03:24 / 27.01.2021
8751
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi davlat kotibi Entoni Blinken bo‘ldi

Foto: Reuters

AQSh senati prezident Jo Bayden tomonidan davlat kotibi lavozimiga taklif qilingan nomzodni qo‘llab-quvvatladi. Ushbu lavozimni 58 yoshli Entoni Blinken egalladi.   

Uning nomzodi uchun senatning 78 a'zosi ovoz berdi, 22 a'zosi qarshi chiqdi. 

Blinken AQSh ma'muriyatining ko‘plab a'zolari kabi Bayden bilan uzoq vaqtdan beri birga ishlaydi. Jumladan, u Barak Obama prezidentligi vaqtida davlat departamentida ikkinchi shaxs bo‘lgan. O‘shanda Bayden vitse-prezident lavozimini egallagan.

Ta'kidlab o‘tish joiz, Baydenning ma'muriyati AQSh tarixidagi eng turfa millatli hisoblanadi. U tomonidan tayinlangan har ikkinchi amaldor rangli aholi vakillaridan iborat. Jumladan, uning prezidentligida birinchi marta Pentagonga afroamerikalik rahbar tayinlandi. Vitse-prezident lavozimini esa AQSh tarixida birinchi marta oq tanli bo‘lmagan ayol Kamala Xarris egalladi.

Mavzuga oid