O‘zbekiston | 11:53 / 01.02.2021
27621
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologik partiya raisi yana o‘zgardi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston Ekologik partiyasining yangi raisi etib saylandi.

Narzullo Naimovich Oblomuradov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining yangi raisi etib saylandi. Partiya matbuot xizmati bu ma'lumotni Kun.uz’ga tasdiqladi.

U yangi lavozimda Komiljon Tojiboyev o‘rnini egalladi. Ko‘p yillar davomida Ekologik partiya yetakchisi bo‘lgan Boriy Alixonov 2020 yilning noyabrida Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga rais bo‘lib ketgach, Tojiboyev uning o‘rniga partiyaga rais bo‘lgandi.

Narzullo Oblomuradov 2020 yil aprelidan buyon O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas'ul xodimi sifatida ishlagan Oblomuradov 2019 yilning avgustida «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid