Jamiyat | 17:14 / 16.09.2024
1785
2 daqiqa o‘qiladi

“Ekologiya sohasida ixtisoslashgan sudlarni tashkil etish zarur” - ekopartiya

O‘zbekiston Ekologik partiyasi ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan sudlarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani tufayli bu sohada ixtisoslashgan sudlar tashkil etish masalasi dolzarblik kasb etmoqda. Joriy yilgi saylovlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan sudlarni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur tashabbus ekologik huquqlarni himoya qilish va ekologik muammolarga yechim topishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Bugungi kunda xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan ekologik sudlar mavjud bo‘lib, ular atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq xalqaro nizolarni turli shakllarda hal qiladi. Dunyoda ekologik sudlarni shakllantirish tendensiyasi ham sezilarli darajada o‘sib bormoqda. 2010 yilga kelib, 50 dan ortiq mamlakatda 360 ta milliy va mintaqaviy ekologik sudlar tashkil etilgan.

Ekologik partiyaning bu taklifi asosida ixtisoslashgan ekologik sudlarni tashkil etish insonlarning ekologik huquqlarini himoya qilishda muhim qadam bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bu ekologik nizolarni hal qilish, ekologik jinoyatlarga qarshi kurashish va ekologik masalalarga e’tiborni kuchaytirishda samarali mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Batafsil: ecouz.uz/news/63

Mavzuga oid