O‘zbekiston | 10:44 / 01.02.2021
16143
1 daqiqa o‘qiladi

«Nega u chetda xor bo‘lib yurishi kerak?» Prezident yoshlar siyosatiga mas'ul tashkilotlarni qattiq tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bandligi mavzusida selektor o‘tkazgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)

«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida ma'lum qilinishicha, yig‘ilishda davlat rahbari mamlakatda yoshlar siyosatiga mas'ul idora va tashkilotlar faoliyatini qattiq tanqid qildi.

«Afsuski, joylardagi o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab kamchilik va muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. 

Bechora bolalar Toshkentda ishsiz yursa, men kabinetda qanday qilib tinch o‘tiraman. U mening o‘z farzandim. Nega men o‘z farzandimga shunday bo‘lgan imtiyozni qo‘llamasligim kerak? Nega? Nega u chetda xor bo‘lib yurishi kerak?» - dedi prezident.

Davlat rahbariga ko‘ra, o‘tgan yili o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha 300ga yaqin davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari reyestri shakllantirilgan. Lekin bu juda kam.

Mavzuga oid