O‘zbekiston | 19:19 / 01.02.2021
45988
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq vazir rektorlikka tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sobiq rahbari Dilmurod Nabiyev Qarshi davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqdagi hukumat qarori 30 yanvar kuni qabul qilingan.

Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev 1978 yilda tug‘ilgan, 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U 2017 yilning iyunidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yilning iyulida Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangandi. Nabiyev mazkur lavozimda ikki yarim yil faoliyat yuritdi va 2021 yil 29 yanvar kuni lavozimdan ozod etildi. Hozircha vazirlikka uning o‘rniga yangi rahbar tayinlanmadi.

U rektorlik lavozimida B.Shoimqulov o‘rnida ish boshlaydi.

Bundan avvalroq ishdan olingan sobiq oliy ta'lim vaziri Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor bo‘lgan edi. Uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligining sobiq rahbari Muzaffar Soliyev esa Nurafshon shahri hokimligiga tayinlangandi. 2020 yil kuzida Sog‘liqni saqlash vazirligini tark etgan Alisher Shodmonov ham Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori lavozimini egallagan.

Mavzuga oid