American Airlines minglab xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarishi mumkin
Kompaniya xodimlarga yo‘llagan maktubida AQShdagi vaksinatsiya sur'atlarini tanqid qilgan va sohaga bo‘lgan talab taqchilligi yoz fasli davomida saqlanib qolishini kutayotganligini bildirgan.
AQShning eng yirik American Airlines Group Inc aviakompaniyasi 13 mingga yaqin xodimini haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqarishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Bunga aviatsiya sohasi uchun koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari saqlanib turganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Kompaniya shuningdek, xodimlarga yo‘llagan maktubida AQShdagi vaksinatsiya sur'atlarini tanqid qilgan va sohaga bo‘lgan talab taqchilligi yoz fasli davomida saqlanib qolishini kutayotganligini bildirgan.
Haq to‘lanmaydigan ta'til bo‘yicha qaror 1 aprelda yoki kechroq, hukumat yordam dasturi muddati nihoyasiga yetganidan so‘ng kuchga kiradi, deb ma'lum qildi aviakompaniya.
"Vaksinatsiya jarayoni biz kutganchalik tez kechmayapti, xalqaro turizmga qo‘yilgan yangi cheklovlar esa talabni kamaytiradi", - deyiladi kompaniya rahbariyati tomonidan.
Xabarda aytilishicha, kasaba uyushmalari kongressni yordam dasturini 30 sentyabrgacha uzaytirishga chaqirmoqda.
O‘tgan 12 oy davomida American Airlines aksiyalari narxi 38,5 foizga tushib ketgan.
Mavzuga oid
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
13:17 / 23.01.2022
Amerika samolyoti yo‘lovchilardan biri niqob taqishni istamagani uchun Atlantika ustida ortga qaytib ketdi
03:32 / 08.12.2021