O‘zbekiston | 02:25 / 05.02.2021
4043
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya universitetlari bilan «ikki diplomli» dasturlar bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston–Britaniya kengashining (UBTIC) 25-yig‘ilishida Buyuk Britaniyaning Porsmut, Bangor, Stratklayd va Kembrij universitetlari bilan «ikki diplomli» dasturlar bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Foto: Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

3 fevral kuni Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining (UBTIC) videoanjuman shaklidagi 25-yig‘ilishi boshlandi.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligidan xabar qilishlaricha, anjumanda Buyuk Britaniyaning yirik kompaniyalaridan 700dan ortiq vakillar qatnashgan.

Yig‘ilishning 1-kunida ikki tomonlama aloqalardagi asosiy e'tibor qayta tiklanadigan energetika va ta'lim sohasidagi hamkorlikka qaratilgan.

Jumladan, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik qilish, xususan, Britaniyaning Porsmut, Bangor, Stratklayd hamda Kembrij universitetlari bilan «ikki diplomli» dasturlar bo‘yicha bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan.

Avvalroq, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (London School of Economics and Political Science) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mavzuga oid