So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi
Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning «Novobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan jami 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, uchish va qo‘nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Loyiha qiymati - 12 mlrd so‘m. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Prezidentning «So‘x tumanini 2020–2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida So‘x tumanida aerodrom qurish vazifasi topshirilgan.
O‘tgan yilning 3 iyun kuni So‘x tumani hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanni rivojlantirish bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda eksklav hududni viloyat markazi – Farg‘ona shahri bilan havo yo‘llari orqali bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tumandagi eski aerodromni qayta ta'mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rganilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
15:52 / 11.12.2024
Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi
14:20 / 21.10.2024
UQK: Rossiya hududidagi aerodrom va harbiy zavodga zarba berildi
15:48 / 06.10.2024
“Yiliga 300-400 mln so‘m daromad olaman” – asalari boqib tirikchilik qilayotgan so‘xlik Asalbek aka
13:50 / 16.08.2024