Prezident: Kartoshkani haligacha katta hajmda import qilyapmiz, yer ajratilgan, ammo hosildorlik past
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, qishloq va suv xo‘jaligi vazirlari hamda boshqa mutasaddilar Namanganda bo‘lib turgan prezidentga agrosanoat loyihalarini taqdim qildi.
Loyihalar bilan tanishar ekan, Shavkat Mirziyoyev kartoshkachilikni rivojlantirishga alohida to‘xtaldi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Kartoshkani haligacha juda katta hajmda import qilyapmiz. 1,8 mln tonnaga ehtiyojimiz bor, shunga yarasha yer ham ajratilgan, ammo hosildorlik past.
Ilmiy yondashuv yo‘qligi tufayli eng oddiy ekinni ham ko‘ngildagidek yetishtira olmayapmiz. Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga topshiriq – kartoshkachilik bo‘yicha jiddiy shug‘ullanish, hosildorlikni ko‘tarish kerak. Alohida kollejlarni ana shu yo‘nalishda ilmiy markazlarga aylantirish, Vengriya davlati bilan bu boradagi hamkorlikni kengaytirish zarur.
Alohida qaror, zarur mablag‘ bo‘yicha hammasini hal qilib beraman», – dedi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi taqdimotda davlat rahbari.
Mavzuga oid
17:09 / 24.09.2024
“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak” - paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda
10:16 / 21.05.2024
Toshkent viloyatida O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi tashkil etildi
10:01 / 24.10.2023
Shuhrat G‘aniyev klasterlarga fermerlarning paxtasini so‘ramasdan terib olish “vakolati”ni berdi
16:30 / 25.08.2023