Toshkent viloyatida O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi tashkil etildi
O‘zbekiston va Vengriya kartoshkachilikni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti — MATE professori, kartoshkachilik bo‘yicha mutaxassis Jolt Polgar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston–Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Jolt Polgar O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan markaz faoliyati istiqbollari yuzasidan mazmunli muzokaralar olib borish uchun 20-22 may kunlari O‘zbekistonga borayotganini ma’lum qildi.
Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat mutaxassislari va ishbilarmon doiralarini jalb qilgan holda kartoshkachilik sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Mavzuga oid
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
21:33 / 20.12.2024
Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan oldin Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi
14:03 / 12.12.2024
Vengriya Moskva va Kiyevga sulh tuzishni taklif qildi
23:06 / 06.12.2024