O‘zbekiston | 21:53 / 24.02.2021
7269
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtiqoracha dovoni vaqtincha yopildi 

Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilinishicha, bunga ko‘p miqdorda qor yog‘gani va noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.

«Ob-havo o‘zgarib, qor yog‘ishda davom etayotganligi sababli, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtiqoracha» dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, IIV YHXBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘llarda ehtiyot bo‘lishga chaqirib, murojaat qilgan edi.

Mavzuga oid