Sport | 17:42 / 07.03.2021
6435
2 daqiqa o‘qiladi

UZEX birjasi: 8 martga bag‘ishlagan regbi musobaqasi o‘tkazildi

Foto: O‘zRTXB

O‘zbekiston regbi federatsiyasi «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ hamkorligida 2021 yil 6-7 mart kunlari Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan U-18 regbi musobaqasi tashkil etildi.

Turnir Osiyoda regbi bo‘yicha o‘tkaziladigan chempionat va olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkillashtirildi.

Ushbu musobaqada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi. Bu esa o‘z navbatida regbi mamlakatimizda qaytmas sur'atlar bilan rivojlanayotganligi va unga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganining yana bir isbotidir.

Bayram musobaqasi ko‘tarinki ruhda va do‘stona raqobatda o‘tkazildi. Mamlakatimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan ko‘plab ishqiboz va muxlislar o‘zlarining sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun mehmon sifatida qatnashdilar.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlarda har bir jamoa vakillari o‘zaro kuch sinashda kuchli jismoniy, aqliy qobiliyatlari va irodaviy xislatlarini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldilar.

O‘tkazilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni Xorazm viloyati, ikkinchi o‘rinni – Namangan viloyati va uchinchi o‘rinni – Toshkent jamoasi egallashdi.

G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan tegishli tarzda diplom, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

«O‘zRTXB» AJ PR bo‘limi

Mavzuga oid