Jamiyat | 19:30 / 01.04.2022
14193
2 daqiqa o‘qiladi

Birjaning xarid.uzex.uz portali orqali 879,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari tejaldi

Foto: UZEX

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5031-son Qarorining ijrosini ta’minlash doirasida birjada birja savdolari va elektron tijorat sohalarida bir qator yangi loyihalar ishga tushirildi.

Xususan, davlat xaridlari tizimida shaffoflikni oshirish va qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida 2021 yilda xarid.uzex.uz yagona portali joriy etildi. O‘tgan yilning o‘zida portalda umumiy hajmi 11 trln so‘mga teng 1 millionta shartnoma tuzilgan edi.

2022 yil yanvar–mart oylarida esa davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdo tizimida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan uch marotabaga oshib, qariyb 4,2 trln so‘mni tashkil qildi. Bunda budjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘lari tejalishi ham uch marotabaga o‘sib, 879,2 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.

UZEX matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid