O‘zbekiston va Belarus pedagog xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Belarus ta'lim vaziri Igor Karpenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Belarus tomoni yangi o‘quv dasturlari va darsliklarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, o‘quvchilar ta'tillarini sermazmun va sog‘lom o‘tkazish bo‘yicha “Zubryonok” milliy o‘quv-sog‘lomlashtirish bolalar markazi to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, tomonlar ta'lim yo‘nalishlari, pedagog xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish, fan olimpiadalariga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish va qo‘shma mashqlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
«Uchrashuvda tomonlar ta'limning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, pedagog xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, fan olimpiadalariga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish va qo‘shma mashqlar o‘tkazishda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda ta'limning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi», deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
17:21 / 09.12.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
19:40 / 06.12.2024