Fan-texnika | 15:51 / 09.03.2021
10505
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung smartfoni 5G tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Injyenerlar laboratoriya sharoitida ma'lumotlarni rekord – soniyasiga 5,23 gigabit tezlikda uzatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Foto: Yonhap

Samsung kompaniyasi injyenerlari beshinchi avlod tarmog‘idagi rekord tezlikka erishishdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, injyenerlar laboratoriya sharoitida ma'lumotlarni rekord – soniyasiga 5,23 gigabit tezlikda uzatishga muvaffaq bo‘lishgan.

Sinovda Galaxy S20+ smartfoni hamda to‘rtinchi va beshinchi avlod tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi radiomodullardan foydalanilgan.

Kompaniya xabarida aytilishicha, Samsung smartfonlarida 2019 yilda o‘rnatilgan 5G tezligi rekordi soniyasiga 4,3 gigabitga teng bo‘lgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich soniyasiga 1,7 gigabitni tashkil etgan.

Mavzuga oid