Olimlar asr oxirida yoz fasli 6 oy davom etishi mumkinligini aytdi
Xitoylik olimlar o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 2100 yilga kelib global isish oqibatida sayyoramizda yoz fasli o‘rtacha 6 oy davom etishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar odamlar hayoti, hayvonlar va o‘simliklarga ta'sir ko‘rsatadi.
Geophysical Research Letters nashriga ko‘ra, olimlar 1952 yildan 2011 yilgacha yoz fasli davomiyligi 78 kundan 95 kungacha uzayganini, qish davomiyligi esa 73 kungacha qisqarganini aniqlashdi. Fasllar davomiyligidagi eng katta o‘zgarishlar O‘rta yer dengizi hududi va Tibet tog‘ligida yuz bergan.
“Shimoliy yarimsharning o‘rta kengliklarida yoz uzayganini, qish esa qisqarganini aniqladik. Bahor va kuz fasllari davomiyligi qisqargan. Global isishning hozirgi sur'atlari o‘zgarishsiz qolsa ham, mavsumlar almashishi vaqti kelajakda baribir o‘zgaradi. 2100 yilga borib yoz taxminan 6 oy, qish esa 2 oydan kamroq davom etadi”, deb hisoblashmoqda olimlar.
Ularning fikricha, bunday o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligida, qushlarning mavsumiy migratsiyasida jiddiy muammolarga olib keladi, allergiyaga moyillar hamda yuqori va past qon bosimidan aziyat chekuvchi odamlarga qiyin bo‘ladi.
2020 yilda Arktika va Sibir shimoli butun sayyoraga qaraganda tezroq isishda davom etgan. Bunda ushbu hududlardagi ba'zi joylarda harorat me'yor sifatida olingan 30 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 6 daraja yuqori bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:15 / 10.12.2024
Real tahdid: Yer yuzasining 40 foizini qurg‘oqchilik qamrab oldi
15:22 / 21.11.2024
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?
20:03 / 27.08.2024
BMT rahbari global isish Tinch okeanidagi orol davlatlarga xavf solayotganini ma’lum qildi
20:53 / 04.05.2024