Fan-texnika | 20:29 / 10.03.2021
15228
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota yangi “sirli” modelining ilk suratini e'lon qildi  

Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi X Prologue deb nomlangan yangi modelining ilk tizer suratini e'lon qildi. Konseptning premerasi 15 martga belgilangan.

Foto: Toyota

Ayni vaqtda mashina haqidagi barcha ma'lumot sir saqlanmoqda. Mashinaning tizer suratida uning ba'zi elementlarinigina, jumladan S-simon faralarini va kichik o‘lchamli kapotini ko‘rish mumkin. 

Carscoops ma'lumotlariga ko‘ra, gap Toyota’ning ko‘pchilik yangi modellari uchun asos qilib olinayotgan e-TNGA platformasida quriladigan elektr krossover prototipi haqida bormoqda. 

Ushbu platforma Subaru bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Uning negizida quriladigan birinchi model o‘lchami bo‘yicha RAV 4’ga teng krossover bo‘ladi. Avtomobil Volkswagen ID.4, Nissan Ariya va shu kabi mashinalar bilan raqobatlashadi. Keyinroq Toyota’ning elektrokarlari qatori Suzuki bilan birga ishlab chiqiladigan kichik krossover, katta yo‘ltanlamas hamda miniven va sedan bilan to‘ldiriladi.

Yapon kompaniyasi 2025 yilgacha Yevropa bozoriga 60tagacha yangi yoki yangilangan modellar va ularning elektr agregatli modifikatsiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Mashinalarning ishlab chiqarilishi kompaniyaning Yaponiyadagi yangi korxonasida yo‘lga qo‘yilmoqchi. Bu korxonada faqatgina elektrokarlar ishlab chiqariladi. 

Mavzuga oid