O‘zbekiston | 14:31 / 11.03.2021
6138
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida 2020 yil davomida nomusga tegish va firibgarlik jinoyatlari soni oshgani ma'lum qilindi

Samarqand viloyatida 2020 yil davomida jami 5307 ta jinoyat sodir etilgan. O‘tgan yil viloyatda nomusga tegish va firibgarlik jinoyatlari soni oshgan. Qolgan jinoyat turlarining soni kamaygan. Bu haqda viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli hamda ularning barvaqt profilaktikasi borasida amalga  oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Samarqand viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Akrom Halimovning ma'lum qilishicha, viloyat hududida 2020 yil davomida jami 5307 ta jinoyat sodir etilgan. Ulardan 740 tasi (13,9 foizi) og‘ir va 279 tasi (5,2 foizi) o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar hisoblanadi. Shundan, mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar 1 502 tani va mahalla hududida aniqlangan jinoyatlar 751 tani tashkil etadi.

Umumiy sodir etilgan jinoyat turlaridan;

  • Nomusga tegish 16,2 foizga (2019 yilda 37 ta – 2020 yilda 43 ta);
  • Firibgarlik jinoyati 37 foizga (2019 yilda 576 ta -2020 yilda 789 ta) oshgan.
  • Qolgan jinoyatlar:
  • Qotillik – 11,4 foizga (2019 yilda 44 ta – 2020 yilda 39 ta);
  • Og‘ir TJYe – 5 foizga (2019 yilda 101 ta – 2020 yida 96 ta);
  • O‘g‘rilik – 11,5 foizga (2019 yilda 485 ta – 2020 yilda 429 ta);
  • Talonchilik – 7,7 foizga (2019 yilda 13 ta – 2020 yilda 12 ta);
  • Bezorilik – 20,9 foizga (2019 yilda 67 ta – 2020 yilda 53 ta);
  • Avtotransport vositasini olib qochish jinoyatlari 11,8 foizga (2019 yilda 17 ta -2020 yilda 15 ta) kamaygan.

Mavzuga oid