O‘zbekiston | 17:36 / 11.03.2021
10897
3 daqiqa o‘qiladi

Sudyalar oliy kengashi Jizzax sudlaridagi mantiqsizliklar haqida yozilgan maqolaga munosabat bildirdi

2021 yilning o‘zida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llashga ruxsat berilgan, bir nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgan.

O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi Kun.uz’da e'lon qilingan “Tanqiddan so‘ng. Oliy sud Jizzax quyi sudlaridagi mantiqsizlikka chek qo‘ydi. Ammo... ” nomli maqola yuzasidan munosabat bildirdi.

Kengash matbuot xizmati qayd etishicha, quyi sud hujjatlarining qonuniy, asosli va adolatliligiga faqat yuqori instansiya cudi tomonidan baho beriladi. Shuningdek, R.Ahatovning da'vo arizasi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari hozirda kuchda ekani, unga faqat Oliy sud huquqiy baho berish vakolatiga egaligi, mavjud holatdan kelib chiqib, nizo Oliy sudda ko‘rib chiqilganidan keyingina uning natijasiga qarab Sudyalar oliy kengashi ishni ko‘rib chiqqan sudya(lar)ning xatti-harakatlari masalasida o‘z nuqtayi nazarini bildirishi mumkin.

Kengash munosabatida maqola muallifining: “...qaror qabul qilishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan sudyalar bilan Sudyalar oliy kengashi qandaydir tushuntirishlar olib boradimi? Bu haqda jamoatchilikka hisob beradimi?” mazmunidagi savollariga ham to‘xtab o‘tilgan.

Ma'lum qilinishicha, Sudyalar oliy kengashi qaror qabul qilishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan, shuningdek odob-axloq kodeksini buzgan sudyalar bilan tegishli tartibda ish olib bormoqda va bu haqda  jamoatchilikka muntazam axborot berib kelmoqda.

Munosabatda 2021 yilda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan xabarlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Bundan tashqari, Sudyalar oliy kengashining tahririyatga yo‘llagan munosabatida 2020 yilda sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgan 12 nafar sudya tizimdan chetlatilgani (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan), 2021 yilning o‘tgan davrida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llashga ruxsat berilgani, bir nafar sudya vakolati muddatidan avval tugatilgani aytilgan.

Mavzuga oid