O‘zbekiston | 13:39 / 13.03.2021
5801
3 daqiqa o‘qiladi

Mahsulotlarni sertifikatlash qanday amalga oshirilishi aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining «Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

 

Norma’ning yozishicha, nizom respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlari sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

Nizom bilan quyidagilar tartibga solinadi:

  • organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashni tashkil etish;
  • organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashda o‘tish davri tartib-taomillari;
  • muvofiqlikni baholash organi tomonidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
  • organik muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish, organik muvofiqlik sertifikatini qayta rasmiylashtirish tartibi.

Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish doirasi quyidagilardan iborat:

  • qayta ishlanmagan qishloq xo‘jaligi ekinlari;
  • organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish talablariga muvofiq yetishtirilgan va ularda olingan naslli hayvonlardan, asalarilardan, parrandalardan olinadigan mahsulotlar (qayta ishlangan mahsulotlar bundan mustasno);
  • qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari;
  • hayvonlar ozuqa yemi sifatida qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
  • o‘simlik urug‘lari va ekish materiallari;
  • qo‘llaniladigan o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari hamda preparatlari.

Nizom talablari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiq yetishtirilgan hamda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek Global G.A.P., ISO 22000, NACCP, Nalal xalqaro standartlar talablariga asosan sertifikatlangan hamda markirovkalangan qadoqlardagi mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.

Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tasdiqlangan sxema bo‘yicha ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkaziladi.

Sertifikatni rasmiylashtirish tasdiqlangan shaklda taqdim etilgan yozma yoki elektron arizaga asosan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholash organi ariza beruvchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi.

Tasdiqlangan shakllar bo‘yicha quyidagilar ma'lumotlar beriladi:

  • ariza beruvchi faoliyati bo‘yicha umumiy ma'lumot;
  • ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, saqlash maydonlari va sovitkichlar tavsiflari;
  • tegishli yilga ishlab chiqarish rejasi.

Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar muvofiqlikni baholash organi tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Natijalarga qarab tegishli shartnoma tuzish yoki shartnoma tuzishni rad etish haqida qaror qabul qilib, ariza beruvchini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.

Mavzuga oid