O‘zbekiston | 09:37 / 16.03.2021
5430
2 daqiqa o‘qiladi

IHHQJF: Jo‘mrakdan tushmagan issiq suv miqdorini qayta hisoblatish mumkin

Toshkent shahri va boshqa markaziy issiq suv tizimiga ega bo‘lgan shaharlardagi iste'molchilar markaziy issiq suv tizimi orqali kelayotgan issiq suv harorati yetarli darajada ta'minlanmagani uchun yetkazib beruvchi korxonalarga murojaat qilishlari lozim. Shunda ularga issiq suv o‘rniga oqqan sovuq suv miqdori qayta hisob-kitob qilib beriladi. O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori Inomjon Tog‘ayev shu haqda ma'lum qildi. 

«Bu masalani Federatsiya ko‘tarib chiqqan va bu borada o‘z munosabatimizni bildirganmiz. Issiq suv ta'minotida shunday tartibki, jo‘mrakni ochgan vaqtida me'yordagi 55 daraja haroratdagi suv tushmasa, bevosita Issiq suv korxonasiga borib, yozma ariza bilan murojaat qilish mumkin. Shunda, korxona mutaxassislari xonadonga kelib, sovuq suv tushish daqiqasini hisoblashadi va uni kunlik issiq suv iste'moli miqdoriga proporsional tarzda qayta hisoblab berishadi», - dedi Inomjon Tog‘ayev. 

Uning aytishicha, aslida bunday qayta hisob-kitob qilish amaliyotda bor, fuqarolarda ham bunday huquq mavjud, biroq fuqarolar juda kamdan kam hollarda murojaat qilishlari kuzatiladi. 

«Shu bilan birga, birinchi qavatdagi iste'molchiga kamroq, ko‘p qavatli uylarning, deylik, 9-qavatidagi xonadonga issiq suv aylanishini inobatga olgan holda ko‘proq chegirma berish mumkin», - deya ta'kidladi Tog‘ayev. 

Mavzuga oid