O‘zbekiston | 15:15 / 24.03.2021
2589
1 daqiqa o‘qiladi

FVV: Sheroboddan o‘tgan M-39 avtomagistralida sel kelgani haqidagi ma'lumotlar asossiz

Bugun, 24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistralning 393-kilometrida sel kelgani to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlik mutaxassislari tomonidan belgilangan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. 

Aniqlanishicha, hududda sel kelishi bilan bog‘liq yoki boshqa turdagi hech qanday favqulodda hodisa yuz bermagan. 

Tarqatilgan videodagi holat bundan uch yil oldin sodir bo‘lgan, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid