Sport | 20:10 / 26.03.2021
22737
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi Ganani mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy jamoasi tarixida ilk marta Namanganda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Vadim Abramov jamoasi Gana B milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Minglab tomoshabinlar qarshisida o‘tgan uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Otabek Shukurov jarima maydoni chizig‘i ustidan ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

72-daqiqaga kelib esa mehmonlar kutilmaganda hisobni tenglashtirdi. Issahaku Abdul Fatavu tomonidan jarima zarbasidan yo‘llangan zarbani qaytarishda darvozabon Javohir Ilyosov xatolikka yo‘l qo‘ydi – 1:1.

Ushbu goldan to‘rt daqiqa o‘tar-o‘tmas, Namangandagi «Markaziy» stadion ikkinchi bor larzaga keldi. O‘yinning eng faol o‘yinchilaridan biri Jaloliddin Masharipov yakkama-yakka vaziyatga chiqib, o‘z goli bilan milliy jamoamizga o‘rtoqlik bahsida g‘alaba keltirdi – 2:1.

Milliy jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinni 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 26 mart (juma)
O‘zbekiston – Gana B – 2:1

Gollar: Otabek Shukurov 4, Jaloliddin Masharipov 76 - Issahaku Abdul Fatavu 72.
O‘zbekiston: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Azimjon Ahmedov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Farrux Sayfiyev (Murod Xolmuhammedov, 82), Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Oston O‘runov (Javohir Siddiqov, 69), Sardor Rashidov (Oybek Bozorov, 59), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 86), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 84)
Gana B: J.Addo, Yiadom Konadou, Kristofer Netey, Muhammad Al Hassan, Diavusiye Teylor (Daniel, 64), Moro Salifu, Michel Otou (Persius Boa, 82), Issahaku Abdul Fatavu, Rashid Nortey (A.Boateng, 65), Samuel Kuayye, Kvame (Maksvel Kuayye, 87).

Mavzuga oid