O‘zbekiston | 10:10 / 28.03.2021
55320
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik bemorlar soni yana 200ga yaqin, koronavirusdan o‘lim holati qayd etilishi davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi 27 mart kuni O‘zbekistonning o‘nta hududida 194 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangani haqida xabar berdi.

«2021 yil 27 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82340 (+194) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Bu yil boshidan buyon kunlik o‘sish bo‘yicha navbatdagi antirekord hisoblanadi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 10 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 16 nafari Toshkent viloyatida,
  • 152 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 626 nafarga etdi. 

Bu 10 fevraldan keyin salkam bir yarim oy davom etgan «qurbonlarsiz davr»dan so‘ng e'lon qilingan to‘rtinchi o‘lim holatidir. Bundan avvalgi uchta o‘lim 23 mart, 24 mart va 26 mart kunlari e'lon qilingandi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80523 (+163) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1191 nafar bemor davolanmoqda, ularning 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab koronavirusga qarshi karantin chora-tadbirlari nisbatan kuchaytiriladi.

Mavzuga oid